Bugun Oʻzbekistonda havo harorati 20 daraja iliq boʻladi

Bugun Oʻzbekiston boʻyicha havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm vilyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15-20° iliq boʻladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gasa kuchayishi mumkin. Harorat 17-19° iliq boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, kuchli boʻlishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq boʻladi.




