platina.uz
Jamiyat

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 46 mingdan oshdi

Mamlakat prezidentining aytishicha, zilziladan zarar koʻrgan hududlarda 488 mingta yangi uy qurilishi rejalashtirilgan.
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 46 mingdan oshdi

Turkiya janubi-sharqidagi zilzilalar qurbonlari soni 46 104 kishiga yetdi. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon mamlakat Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi yakunlari boʻyicha telemurojaatida maʼlum qildi.

«Bugun, zilzilalarning toʻrtinchi haftasi oʻtgan ekan, biz boshdan kechirgan falokat koʻlamini yanada aniqroq koʻrmoqdamiz va yoʻqotishlarimiz ogʻrigʻini yanada chuqurroq his qilmoqdamiz», — dedi Turkiya rahbari.

Davlat rahbari mamlakat hukumati tabiiy ofat natijasida vayron boʻlgan hududlarni tezda tiklashga qatʼiy qaror qilganini taʼkidladi.

«Maqsadimiz yaqin ikki oy ichida 244 mingta bino va 75 ming qishloq uyi qurilishini boshlash», dedi Erdoʻgʻan.

Uning qoʻshimcha qilishicha, ulardan 22 mingtasi qurilishi boshlangan.

Unga koʻra, zilziladan zarar koʻrgan hududlarda 488 mingta yangi uy qurilishi rejalashtirilgan.

Prezident tabiiy ofatdan jabr koʻrgan hududda ikki oy ichida 100 ming konteyner tipidagi uylar oʻrnatilishini ham maʼlum qildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid