Toshkent hokimi bogʻcha qurishga 668 mln soʻm ajratdi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov bogʻcha qurish uchun 668,6 million soʻm ajratdi.
330 oʻrinli bogʻcha Yashnobod tumanidagi Olmos mahallasida quriladi. Pullar davlat byudjetidan ajratiladi.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt bosh rejasi tasdiqlanmaguncha qurilishlarga moratoriy eʼlon qilgandi.




