Bugun gul bozorlarida qaysi gulga talab katta, narxlari qancha?

Odatda 8-mart – Xalqaro xotin qizlar bayrami arafasida ayollarga eng koʻp tortiq qilinadigan sovgʻa bu – gul. Bunga jamoamiz tomonidan yaqinda aholi orasida oʻtkazgan soʻrovnoma orqali ham yana bir bor amin boʻlgandik.
Bugun gul bozorlarida esa savdo avjida. Biz gullarning sotuvdagi narxini oʻrganar ekanmiz, qaysi gullarga talab koʻproq boʻlayotganiga ham qiziqdik.
Unga koʻra atirgulning bitta donasi 25 mingdan 35 minggacha sotilmoqda.
Ikki shoxdan iborat orxideya gulining sotuvdagi narxi esa 250-350 mingni tashkil etyapti.