platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 10 martdan isitish tizimi oʻchiriladi

Mart oyidan havo harorati isigani va oʻrtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori boʻlayotganini inobatga olingan.
Toshkentda 10 martdan isitish tizimi oʻchiriladi

10 martdan poytaxtda 2022–2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganini maʼlum qilindi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8 darajadan past boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori boʻlganda esa tamomlanishi kerak.

«Shundan kelib chiqib, mart oyidan havo harorati isigani va oʻrtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori boʻlayotganini inobatga olgan holda, 2023 yilning 10 mart kunidan 2022–2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganini maʼlum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid