platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev «8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi

Farmon bilan qator soha vakillari orden va medallar bilan taqdirlandi.
Shavkat Mirziyoyev «8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev 4 mart kuni «8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Mamlakatimizda moʻʼtabar ayol zotiga ulkan ehtirom koʻrsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan opa-singillarimizni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar orden va medallar bilan mukofotlansin", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Arziyeva Marxabo Imamnazarovna - «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining navli prokat sexi metall saralovchisi, Toshkent viloyati
  • Atabayeva Omatxon Karimjanovna - Andijon shahridagi «Siyovush gold trans» masʼuliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, Andijon viloyati
  • Axmedova Zulfiya Raxmonovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti, Navoiy viloyati
  • Axmedshina Faniya Avzalovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori, Jizzax viloyati
  • Begmatova Azza - Oʻzbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi
  • Qobilova Mavluda Umrzoqovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining boʻlim yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
  • Mazaxidova Nadira Tashpulatovna - Qoʻqon shahridagi «Qoʻqon yor-yori» ashula va raqs folklor-etnografik ansambli musiqa rahbari, Fargʻona viloyati
  • Mamatkulova Aysara Berdikulovna - Sardoba tumanidagi «Nurafshon dala sari» fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati
  • Matyakubova Mexriban Kadamovna - «Hunarmand» uyushmasining Xiva shahar boʻlimi aʼzosi, kashtachi, Xorazm viloyati
  • Narmuradova Maxbuba Akramovna - Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining farroshlar brigadasi boshligʻi, Samarqand viloyati
  • Rajabova Marhabo Muxammadiyevna - Qorakoʻl tumanidagi «Xosiyatli Qorakoʻl nuri» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati
  • Rasulova Muqaddam Mansurjonovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori
  • Saidmurodova Maksuda - Mingbuloq tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining maslahatchisi, Namangan viloyati
  • Xaitova Ayjomal Nazirovna - Oltinsoy tumanidagi «Tuyaqush tillolari» oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
  • Xojametova Zamira Jumabayevna - Qoʻngʻirot tumanidagi «Kungrad agro-solodko system» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

«Doʻstlik» ordeni bilan

  • Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna - Guliston shahridagi «Doʻstlik» madaniyat markazi xoreografi, Sirdaryo viloyati
  • Alimova Arzixan Abdillayevna - «Hunarmand» uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi aʼzosi, quroqchi
  • Atalikova Yevgeniya Vladimirovna - Quvasoy shahridagi «Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyatining xomashyoni qayta ishlash uchastkasi kran mashinisti, Fargʻona viloyati
  • Bayramova Natalya Shamuratovna - Tuproqqalʼa tumanidagi «Matyoqub Qodir» chorvachilik fermer xoʻjaligi texnologi, Xorazm viloyati
  • Vasileva Tatyana Aleksandrovna - «Oʻzaeronavigatsiya markazi» davlat unitar korxonasining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markazi hududiy boʻlinmasi dispetcheri
  • Djurakulova Saodat Eshqobilovna - Boysun tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati
  • Ismailova Gavxar Abdumananovna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati
  • Kaipova Gulistan Sarsenbayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpogʻiston filiali jonlantirish boʻlimi shifokori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
  • Kayumova Maxfuza Abdinabiyevna - Paxtachi tumanidagi «Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati
  • Lyan Yekaterina - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi mudiri
  • Nasridinova Shoxida Taufikovna - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi «Milk Foods Trade» masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
  • Nesterovich Lyudviga Petrovna - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, haykaltarosh
  • Riskulova Aynogul Junusovna - Marhamat tumanidagi «Marhamat 112-qurilish» masʼuliyati cheklangan jamiyati pardozchisi, Andijon viloyati
  • Salimova Manzura Alimovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi
  • Sariyeva Nurbibi Baymaxanovna - Konimex tumanidagi «Qorakoʻl Uchtepa sur» masʼuliyati cheklangan jamiyati choʻponi, Navoiy viloyati
  • Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi
  • Choʻliyeva Ziynat Boboyevna - «Oʻzbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish boʻlimi muhandisi, Buxoro viloyati
  • Ergasheva Tanzila Nizamovna - Namangan shahridagi «Art Soft Tex» masʼuliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi, Namangan viloyati
  • Yuldasheva Mavluda Melikovna - Shahrisabz shahridagi «Ipak yoʻli» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qashqadaryo viloyati
  • II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
  • Dadaboyeva Manzuraxon - Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori, Andijon viloyati
  • Zoirova Aziza Ibragimovna - Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati
  • Zoxidova Mamuraxon Nasilloyevna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining oʻquv-metodika va harbiy-vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi, yozuvchi
  • Mirzayeva Mehriniso Latipovna - Gʻijduvon tumanidagi «Marjona Eʼzoza» nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Buxoro viloyati
  • Eshmamatova Dilorom Baxramovna - Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

  • Gadoyeva Dilfuza Mustafoyevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali ogʻir kuyish jarohatlari boʻlimi katta hamshirasi, Buxoro viloyati
  • Xolmurodova Zamira Baxromovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali nevrologiya boʻlimi mudiri, Jizzax viloyati
  • Shavazova Muhabbat Ismatovna - Respublika perinatal markazining chaqaloqlar anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi
  • Yuldasheva Rayxon Sayfidinovna - Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali koʻz jarrohi, Samarqand viloyati

«Sogʻlom turmush» medali bilan

  • Madaliyeva Feruza Maxamadovna - «Taraqqiyot» aholining turmush tarzini rivojlantirishga koʻmaklashish markazi rahbari, Fargʻona viloyati
  • Mirzayeva Yelena Sadullayevna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Foreign Languages» telekanali xorijiy tillardagi ilmiy-maʼrifiy va badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri
  • Erkayeva Shoira Bahramovna - Qamashi tumanidagi «Mironshoh va Ibrohimjon» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
  • «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
  • Aleuova Gulistan Userbayevna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar boʻyicha katta yordamchisi
  • Axatova Zamira Rustamovna - Kattaqoʻrgʻon shahar ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, Samarqand viloyati
  • Rasulova Lola Anvarovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasining «Xoʻjayli» chegara bojxona posti katta inspektori
  • Raxmatova Gulzoda Shovrukjonovna - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi
  • «Kelajak bunyodkori» medali bilan
  • Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi - Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
  • Davronova Sharifa Jamsherovna - Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
  • Mannopova Fotima Said qizi - Toshkent shahridagi «Techno time academy» robototexnika maktabi direktori

«Shuhrat» medali bilan

  • Abdiyeva Muʼtabar Arslonovna - Sirdaryo tumanidagi «Reka-Med Farm» masʼuliyati cheklangan jamiyatining infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi yigʻuvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati
  • Abdukadirova Saida Islamovna - «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» filiali markazlashtirilgan taʼmirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati
  • Azimova Gulmira Djaxanovna - Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi
  • Artikova Dilnoza Ilxombayevna - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati boʻlinmasi raqqosasi
  • Voxidova Nilufar Umarovna - «Hunarmand» uyushmasining Chust tumani boʻlimi aʼzosi, doʻppidoʻz, Namangan viloyati
  • Dauletmuratova Zulxumar Maxsetovna - Xoʻjayli tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
  • Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna - Sharof Rashidov tumanidagi «Maxmuda Zarina Zarifa» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati
  • Ismadiyarova Dilaram Tulkunovna - Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimi mutaxassisi, «Oqila ayollar» harakati aʼzosi
  • Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna - Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi
  • Kasimova Shoira Satvoldiyevna - Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi
  • Qaxorova Iroda Iminjonovna - Uychi tumanidagi «Ziyokor» mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati
  • Qilicheva Oysha Tenglashevna - Nurota tumanidagi «Muruvvat» nogironlar uchun erkaklar internat uyi xoʻjalik bekasi, Navoiy viloyati
  • Mexmonova Roʻzixon Abduvaliyevna - Baliqchi tumani yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasi ishchisi, Andijon viloyati
  • Mustafayeva Shaxnoza Bayzakovna - Yangiyoʻl shahridagi «Dugonalar» nogiron ayollar jamiyati raisi, Toshkent viloyati
  • Muxutova Lola Muhammadovna - Olot tumanidagi «Olot kashtadoʻzlari» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
  • Nurjanova Saboxat Shomuratovna - «Ichan qalʼa» davlat muzey-qoʻriqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati
  • Samiyeva Guzal Muxitdinovna - Sariosiyo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Surxondaryo viloyati
  • Sulaymonova Gulchexra Toxir qizi - «Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining koʻprikli kran mashinisti
  • Usmonova Gulnora Xoshimjonovna - Bagʻdod tumanidagi «Gulnora Matqulobod bodomlari» ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari, Fargʻona viloyati
  • Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati
  • Xaliyarova Xabiba Alekseyevna - Gʻuzor tumanidagi «Mohigul Mohlaroyim jilosi» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
  • Xodjibolayeva Raʼno Odilovna - Fargʻona shahridagi «Surxtepa» mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi, Fargʻona viloyati
  • Sherova Zulfiya Maxmudovna - Shoʻrchi tumanidagi «Shoʻrchi Aziz agrofirma» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid