platina.uz
Jamiyat

Namanganda 25 bolani olib ketayotgan “Damas” haydovchisi aniqlandi

Namanganda 25 bolani olib ketayotgan “Damas” haydovchisi aniqlandi
Namangan tumanida YPX xodimi tomonidan "Damas" rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 25 nafar bolalar olib ketilayotganligi aniqlandi. Maʼlum qilinishicha, 12 yoshga toʻlmagan bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida tashish taqiqlanadi. Shuningdek, tashilayotgan yoʻlovchilar soni transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq boʻlmasligi kerak. Mazkur holatda haydovchilarning odam tashish qoidalarini buzishi — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid