platina.uz
Jamiyat

Jizzaxdagi maktabda ota qizining 3 nafar sinfdoshini kaltakladi

Jizzaxdagi maktabda ota qizining 3 nafar sinfdoshini kaltakladi
Tarmoqlarda Jizzax shahridagi 11-maktabda ota qizining 3 nafar sinfdoshini ayovsiz doʻpposlagani aks etgan video yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, ushbu holat 11-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida roʻy bergan va jabrlangan oʻquvchining onasi holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shu asosida oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi oʻquvchiga sogʻligining buzilishiga olib kelgan tan jarohati yetkazilganligini tasdiqlagan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.M ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109- moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid