platina.uz
Jamiyat

Hafta davomida Oʻzbekistonda havo harorati koʻtariladi

Hafta davomida Oʻzbekistonda havo harorati koʻtariladi
Oʻtgan hafta oxirida qisqa muddatga sovuqni olib kelgan sovuq havo massasi Oʻzbekiston hududidan shiddat bilan chekinmoqda. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi. Qayd etilishicha, 28 fevral va 1-2 mart kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim tumanlarida 2 mart kuni baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 2 martda kechasi 2-7 daraja iliqni, kunduzi 17-22 daraja iliqni tashkil etadi. Respublikaning togʻli hududlarida 27-28 fevral kunlari qor koʻchishi xavfi bor. 3 martda Oʻzbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi boʻyicha bulutlilik kuchayadi, togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va 12-17 daraja iliqni tashkil etadi. 2-3 mart kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Toshkent shahrida 27-28 fevral va 1-2 mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. 2 mart kuni 19-21 daraja iliqni tashkil etadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid