platina.uz
Jamiyat

9 ming dollar pora sabab Ohangaron prokuraturasi tergovchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

9 ming dollar pora sabab Ohangaron prokuraturasi tergovchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bosh prokuratura 26 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgani haqida xabar qildi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning Platina.uz ga maʼlum qilishicha, tadbirda Ohangaron shahar prokuraturasi binosini qoʻriqlash xizmatini olib boruvchi qorovuli shahar prokuraturasi tergovchisining ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaro E.dan jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berish evaziga 9.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. 27 fevral kuni Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, qoʻriqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid