platina.uz
Jahon

Turkiyada zilziladan keyin 612 kishiga nisbatan tekshiruv boshlandi

Turkiyada zilziladan keyin 612 kishiga nisbatan tekshiruv boshlandi
Turkiyada ketma-ket zilzilalar paytida binolarning qulashiga aloqador boʻlgan 612 kishiga nisbatan tergov ishlari boshlandi, deya xabar bermoqda Associated Press Turkiya hukumatiga tayanib. Mamlakat Adliya vaziri Bekir Boʻzdagʻ, 184 nafar gumondorning sud qarorigacha qamoqqa olinganini maʼlum qildi. Ular orasida qurilish pudratchilari, binolarning egalari yoki boshqaruvchilari bor edi. Vayron boʻlgan binolarning aksariyati sifatsiz materiallar va usullardan foydalangan holda qurilgan, ularning baʼzilari davlat standartlariga javob bermagan. Turkiya tarixidagi qariyb 100 yil ichidagi eng katta 7,7 magnitudali zilzila 6 fevral kuni yuz berdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, zilzilalar oqibatida 44,2 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan. AFAD maʼlumotlariga koʻra, zilzilalardan keyin Qahramanmarash markazida 9136 ta yer silkinishi sodir boʻlgan, 528 mingdan ortiq odam mintaqadan evakuatsiya qilingan. Voqea sodir boʻlgan hududda qidiruv-qutqaruv xodimlari ish olib bormoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid