Toshkent viloyatida yangi tarix muzeyi tashkil etildi

Ushbu muzey binosi 1962 yilda qurilgan boʻlib, dastlab tikuv sexi, pochta aloqa boʻlimi boʻlgan. 1971 yilda esa qishloq tayanch punkti tashkil etilgan. Shundan soʻng, 1973 yil 3 oktabr kuni ushbu tayanch punktiga sobiq SSSR Ichki ishlar vaziri, general-polkovnik N.A.Sholokov tashrifida kichik leytenant Nosirov Sabriddin Gapparovich bilan suhbatlashib, kapitan unvonini bergan.
Tayanch punkti ish boshlagach, 11 ta xorijiy davlatlardan, yaʼni Germaniya, Rossiya, Vʼetnam, Hindiston, Yaponiya va qator chet davlatlardan Oliy martabali mehmonlar, 14 ta Respublika Ichki ishlar vazirligi rahbarlari shu yerga kelib, punkt faoliyati bilan tanishgan.
Oʻsha paytlarda tumanda 3 ta profilaktika inspektori faoliyat yuritib, kapitan S.Nosirovga xizmat oti biriktirilgan. U 17 ta qishloq, 5 ta umumtaʼlim maktabi va u yerda taʼlim oluvchi 3,5 mingga yaqin oʻquvchilarga masʼul edi. Sabriddin ota oʻz davrida qishloq soveti raisi, Sovet ittifoqi qahramoni Xvan Man Gыm bilan hamkorlikda ish faoliyatini havas qilarli darajada olib borgan.
Qishloq tayanch punkti tarix muzeyiga kirar ekansiz, oʻsha davrning fotojamlanmalari, texnik uskunalar, maxsus kiyimlar hamda videolavhalarning guvohi boʻlish mumkin.