platina.uz
Jamiyat

Turkiyaga qutqaruv ishlari uchun ketgan oʻzbekistonlik FVV xodimlari qaytib keldi

Turkiyaga qutqaruv ishlari uchun ketgan oʻzbekistonlik FVV xodimlari qaytib keldi
Turkiyada 18 kunlik qidiruv-qutqaruv ishlaridan soʻng Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi otryadi Toshkentga qaytib keldi. Maʼlum qilinishicha, 6 fevral kuni Turkiyaning janubiy-sharqiy viloyatlarida dahshatli zilzila sabab oʻn minglab insonlar halok boʻldi. Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻiga koʻra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi tabiiy ofat oʻchogʻi, yaʼni Hatay viloyatiga joʻnatildi. "Otryadimiz ishtirokidagi qutqaruv operatsiyasi 2 haftadan koʻproq davom etdi va shu vaqt ichida yigitlar vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadlarni olib chiqdilar. Bugun bizning qahramonlarimiz uyga qaytishdi", - deyiladi xabarda. Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari, Favqulodda vaziyatlar vaziri va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid