platina.uz
Jamiyat

Samarqanddagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi

Samarqanddagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi
Samarqanddagi gaz quyish shoxobchasida Nexia-3 mashinasiga oʻrnatilgan gaz ballonida chaqnash sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 25 fevral kuni soat 11:00 larda Samarqand shahar Hunarmandlar MFY Bedil koʻchasida joylashgan «Kamalak» MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida, shoxobcha ishchisi Pastdargʻom tumani Gulobod MFYda yashagan, 1980 yilda tugʻilgan M.Z., ushbu shoxobchaga siqilgan gaz quyish maqsadida kelgan haydovchi 1994 yilda tugʻilgan H.D. boshqaruvida boʻlgan Nexia-3 rusumli avtomashinaga gaz quyayotganda, bagaj qismiga oʻrnatilgan gaz balonining yorilib ketishi natijasida chaqnash sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida MChJ ishchisi M.Z. kuyish jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid