platina.uz
Jamiyat

Qoʻshkoʻpirda ilk buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi

Qoʻshkoʻpirda ilk buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi
Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir tumanida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari boshchiligida ilk bor buyrak transplantatsiyasi amaliyoti oʻtkazildi. Bemor Zafar Xaitboyev — 42 yoshda. Tumanning Oʻrtayop qishlogʻidan. Unga surunkali glomerulonefritning aralash turi, surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi tashxisi qoʻyilgan. Oʻtgan yildan beri gemodializ muolajalarini oladi. Z. Xaitboyev ming kilometr olisdan poytaxtga kelib, hatto uzoq navbat kutib, murakkab operatsiya orqali sogʻayishni niyat qilgandi. Ammo bunga hojat qolmadi. Toshkentdagi Xirurgiya markazi mohir jarrohlarining oʻzi Qoʻshkoʻpirga kelib, transplantatsiya amaliyotini oʻtkazishdi. Bemorga singlisi bir buyragini berdi. Yuqori texnologik muolaja muvaffaqiyatli oʻtdi. Hozir Zafarning ham, donorning ham ahvoli yaxshi, shifokorlar nazorati ostida salomatligi tiklanmoqda. Umuman, oʻtgan bir yilda Xorazmda tibbiyotning buyrak transplantatsiyasi yoʻnalishi ommalashmoqda. Shu kungacha viloyatda 16 ta buyrak transplantatsiyasi oʻtkazilgani buning tasdigʻi. Shuningdek, 2022 yili Xonqa tumanilik 47 yashar Bibijon Xudoyberganovada bir yoʻla ikki noyob amaliyot — laparoskoprik xoletsistektomiya (oʻt qopini olib tashlash) va buyrak koʻchirib oʻtkazish operatsiyalari bajarilgani hudud miqyosida yangilik boʻlgandi. Qolaversa, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining 5 nafar mutaxassisi ayni shu soha boʻyicha Hindiston mamlakatida malaka oshirib qaytdi. Yana bir eʼtiborli jihati, shu paytgacha hududdagi barcha buyrak transplantatsiya muolajalari davlat mablagʻlari hisobidan oʻtkazildi, deyiladi SSV xabarida.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid