platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryodagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi

Qashqadaryodagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi
24 fevral kuni Qarshi shahri «Nasaf» koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz qoʻyish shoxobchasida Nexia-3 mashinasi portladi. Bu haqda viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa kecha 24 fevral kuni soat 16:08 larda sodir boʻlgan. Nasaf koʻchasida joylashgan «NEW POVER» gaz quyish shoxobchasida Nexia-3 mashinasiga gaz quyilayotgan vaqtda unga oʻrnatilgan gaz balloni portlab ketgan. Oqibatda avtomobil orqa qismi toʻliq shikastlangan. Hodisa joyida yongʻin sodir boʻlmagan va jarohat olganlar yoʻq. Holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid