platina.uz
Jamiyat

Ertaga Oʻzbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 10 darajagacha sovuq boʻladi

Ertaga Oʻzbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 10 darajagacha sovuq boʻladi
Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 26 fevral, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–4 daraja sovuq, kunduzi 8–10 daraja iliq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechas 5–10 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi. Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi. Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 0–5 daraja sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi. Qashqadaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 9–14 daraja iliq boʻladi. Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 0–5 daraja iliq, kunduzi 9–14 daraja iliq boʻladi. Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Qor koʻchish xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid