platina.uz
Jamiyat

Eksternat tartibidagi imtihonlar maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilarga tatbiq etilmaydi

Eksternat tartibidagi imtihonlar maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilarga tatbiq etilmaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Endi maktab oʻquvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin» degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo asosga ega boʻlmagan xabarligini maʼlum qildi. Bu xabarlar maktabni oʻz vaqtida tugata olmagan, yaʼni maktab yoshidan oʻtgan fuqarolarning eksternat tartibida imtixon topshirish uchun arizalar berish bilan bogʻliq xabarning notoʻgʻri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda, «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy oʻrta taʼlim olish huquqini taʼminlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat oʻz vaqtida turli sabablarga koʻra umumiy oʻrta taʼlimni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni toʻliq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi. Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilarga aloqasi yoʻq va ularga tadbiq etilmaydi, deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid