platina.uz
Jamiyat

Samarqandda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari sotayotgan dorixona aniqlandi

Samarqandda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari sotayotgan dorixona aniqlandi
Samarqandda kuchli taʼsir qiluvchi «Regapen» psixotrop moddalarini sotayotgan dorixona rahbari aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshkarmasi xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, 2023 yil 11 fevral kuni viloyat IIB tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahridagi dorixonalardan birida 37 yoshli sotuvchi 100 dollar evaziga 30 dona kuchli taʼsir qiluvchi "Regapen" sotayotgan vaqtida ushlandi. Tekshiruvlar natijasida dorixonadan jami 165 dona "Regapen" psixotrop moddalarini rasmiylashtirgan va dorixona sotuvchisiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari boshlandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid