platina.uz
Jamiyat

Hokimlar endi bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi boʻla olmaydi

Hokimlar endi bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi boʻla olmaydi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitalarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻrib chiqildi. Deputatlar qayd etishicha, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi. Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday oʻzgarishning oʻzi yetarli emasligi, yaʼni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar boʻla olmasligi aniq koʻrsatilishi kerakligi bildirilgan edi. Shunga muvofiq, «hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas» degan qatʼiy norma oʻrnatilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid