platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon delegatsiyasi rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon delegatsiyasi rahbarini qabul qildi
23 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻshma Hududlar forumining birinchi yigʻilishi va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvida ishtirok etish uchun Ozarbayjon delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizga kelgan iqtisodiyot vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Mikoyil Jabborovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Uchrashuv avvalida iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Suhbatda avtomobilsozlik, toʻqimachilik va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari jadal amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Qoʻshma investitsiya jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida bitim imzolanmoqda. Neft-gaz tarmogʻida, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda. Ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlik koʻlamini, jumladan, amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish dasturi doirasida yanada kengaytirish muhim ekani qayd etildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid