platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda hokim yordamchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qashqadaryoda hokim yordamchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2022 yilda ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan taʼminotchilarga oʻtkazilgan ayrim holatlarda kreditlar maqsadsiz ishlatilganligi aniqlangan. Oʻrganish natijasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Agentlik tomonidan Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilib, Departament organlari bilan hamkorlikda tegishli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, Departamentning Shahrisabz tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi boʻyicha “B.S.B.” MChJ taʼsischisi sifatida A.T.Oʻ. ushbu MChJni tashkil qilib, unga taʼsischilik va rahbarlik qilib, bir paytning oʻzida Shahrisabz tumanida mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlayotganligidan foydalanib, 114,0 mln. soʻm soliq va yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash va tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirgan holda hujjatlarni soxtalashtirish orqali 162,0 mln.soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan tolon-taroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat boʻyicha “B.S.B“ MChJ rahbariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 2-qismi “B” bandi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash), 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan hamda bir tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslariga nisbatan 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bandi va  228-moddasi 2-qismi “B” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid