platina.uz
Jamiyat

Ertaga respublikaning ayrim joylarida yomgʻir va qor yogʻadi

Ertaga respublikaning ayrim joylarida yomgʻir va qor yogʻadi
Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 24 fevral, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kechga tomon bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–10 daraja iliq, kunduzi 16–18 daraja iliq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi. Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻladi. Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi. Qashqadaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi. Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq boʻladi. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻladi. Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchish xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid