platina.uz
Jamiyat

Yer usti metro yoʻnalishi ostida 2700 oʻrinli avtoturargohlar tashkil etiladi

Yer usti metro yoʻnalishi ostida 2700 oʻrinli avtoturargohlar tashkil etiladi
Yer usti metro yoʻnalishi estakadasi ostidagi hududlarda jami 2700 oʻrinli avtoturargohlar tashkil etiladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Toshkent metropoliteni» DUK harakat xizmati rahbari Sulton Qodirov xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 oktabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5260-sonli qaroriga asosan, metropoliten faoliyatini samaradorligini oshirish yoʻnalishi sifatida yongʻin xavfsizligi talablariga javob beruvchi, shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjat talablari asosida tizim hududida yoʻlovchilarga qulay xizmat koʻrsatish yaʼni, savdo faoliyati tiklanadi. Hozirda «Novza» metro bekatining piyodalar oʻtish yoʻlagida tajriba-sinov tariqasida savdo shoxobchalarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Toshkent shahar Yashnobod tumanidan oʻtuvchi yer usti metro yoʻnalishi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 oʻrinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan oʻtuvchi yer usti metro yoʻnalishi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 oʻrinli yettita avtoturargoh, jami boʻlib 2700 oʻrinli avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid