platina.uz
Jamiyat

Poliklinika taʼmirlashga ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi

Poliklinika taʼmirlashga ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi
Zangiota tumanida qishloq oilaviy poliklinikasini taʼmirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.Q.” MChJ sobiq rahbari M.A. birlashmaga qarashli qishloq oilaviy poliklinikalarini joriy taʼmirlashda, hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 392,9 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid