platina.uz
Jamiyat

Dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish markaziga yangi direktor tayinlandi

Dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish markaziga yangi direktor tayinlandi
Avvalroq Oʻzbekistonning bosh “farmatsevti” Sardor Kariyev qamoqqa olingani haqida xabar bergandik. Cogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Qodirov Mirzoxidjon Muxtarovich vazirlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” davlat unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. M. Qodirov 2003 yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, ish faoliyatini mazkur oliy oʻquv yurtida kafedra assistenti sifatida boshlagan. Keyinchalik Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmakopeya qoʻmitasida yetakchi mutaxassis, qoʻmita raisi oʻrinbosari, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK direktori kabi masʼul lavozimlarda ishlagan. M. Qodirovga tizimda korrupsiyaga barham berish, sohaga xalqaro standartlar, yuqori texnologiyali laboratoriyalarni joriy qilib, Oʻzbekistonga sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar kirib kelishini taʼminlash, mamlakatda farmatsiya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, markazda faoliyat koʻrsatuvchi kadrlar malakasini jahon talablari darajasida oshirib borish hamda oʻz ishiga halol hamda vijdonan yondashadigan bilimli va mahoratli mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirish kabi muhim vazifalar yuklatildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid