platina.uz
Jamiyat

Toshkent metrosida 26 yoshli shaxs oʻzini poyezd ostida tashlashga urindi

Toshkent metrosida 26 yoshli shaxs oʻzini poyezd ostida tashlashga urindi
Toshkent shahrida yashovchi fuqaro oʻzini metro tagiga tashlamoqchi boʻldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 20 fevral kuni soat 19:20 larda 1997 yil tugʻilgan fuqaro D.O. «Paxtakor» bekatida oʻz joniga qasd qilish maqsadida, oʻzini elektropoyezd yoʻliga tashlamoqchi boʻlgan. Bekat platformasida xizmat olib borayotgan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi saf boʻlinmalari ikkinchi batalon, safdor xodimi A.A.Dalaboyev esa, uni ushlab qolgan. Surishtiruv ishlari davomida maʼlum boʻlishicha, fuqaro 2016 yildan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida «Shizofreniya» tashxisi bilan roʻyxatda boʻlgan. Shundan soʻng fuqaroning onasi F.A. voqea joyiga chaqirtirilgan va yigit onasiga topshirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid