platina.uz
Jamiyat

Toshkent-Andijon yoʻlovchi poyezdlari Namangan orqali harakatlanadi

Toshkent-Andijon yoʻlovchi poyezdlari Namangan orqali harakatlanadi
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 92/91 va 94/93-sonli «Toshkent — Andijon — Toshkent» yoʻlovchi poyezdlari 24 fevraldan boshlab Namangan orqali harakatlanishi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda  Oʻztemiryoʻlovchi matbuot xizmati xabar berdi. Harakat jadvali quyidagicha:
  • 24 fevral kunidan boshlab 94/93-sonli Toshkent-Andijon yoʻnalishi: Toshkent 06:04 — Namangan 10:53 -10:58 — Andijon 13:02;
  • 25 fevral kunidan boshlab 94/93-sonli Andijon-Toshkent yoʻnalishi: Andijon 15:52 — Namangan 17:57—18:04 — Toshkent 22:46;
  • 27 fevral kunidan boshlab 92/91-sonli Toshkent-Andijon yoʻnalishi: Toshkent 17:22 — Namangan 21:54—21:59 — Andijon 00:03
  • 28 fevral kunidan boshlab 92/91-sonli Andijon-Toshkent yoʻnalishi: Andijon 15:52 — Namangan 17:57—18:04 — Toshkent 22:46.
Shu munosabat bilan quyidagi poyezdlar harakati jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi:
  • 24 fevral kunidan boshlab 64-sonli Toshkent-Andijon yoʻnalishi: Toshkent 17:22 — Namangan 21:54—21:59 — Andijon 00:03;
  • 25 fevral kunidan boshlab 128-sonli Qoʻngʻirot-Andijon yoʻnalishi: Qoʻngʻirot 09:33 — Namangan 10:18—10:23 — Andijon 12:27;
  • 26 fevral kunidan boshlab 127-sonli Andijon-Qoʻngʻirot yoʻnalishi: Andijon 15:52 — Namangan 17:57—18:04 — Qoʻngʻirot 18:22;
  • 25 fevral kunidan boshlab har shanba, yakshanba, seshanba va chorshanba kunlari 6382-sonli Andijon-Qoʻqon yoʻnalishi: Andijon 14:44 — Qoʻqon — 20:34.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid