platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misrga ikki kunlik rasmiy tashrifi samarali boʻldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Tashrifning ikkinchi kunida Prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Ularning yakunida davlat rahbarlari Qoʻshma bayonot qabul qildilar, ikki mamlakat vazirlik va idoralari oʻrtasida hujjatlar imzolandi. Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Qohira aeroportida oliy martabali mehmonni Misr savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid