platina.uz
Jamiyat

Poytaxt prokurori 30 nafar yoshning muammosini shaxsan nazoratga oldi

Poytaxt prokurori 30 nafar yoshning muammosini shaxsan nazoratga oldi
Toshkent shahri Olmazor tumanida uyushmagan 25 nafar yoshlarga ishga joylashtirish boʻyicha yoʻllanmalar, 20 nafariga kasbga yoʻnaltirish boʻyicha, 20 nafariga IT sohasida bepul oʻqish uchun sertifikatlar berildi, yana 10 nafar yoshlarga kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi. Olmazor tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda “Inno texnopark” markazida shahar prokurori Erkin Yoʻldoshevning yoshlar bilan boʻlgan uchrashuvda, shuningdek, 30 nafar yoshlarning muammolari yozma ravishda qabul qilindi. Ushbu muammolarni qisqa muddatda va ijobiy hal etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tuzilib, har bir murojaat boʻyicha alohida masʼullar belgilanib, ijrosi shaxsan shahar prokurori Erkin Yoʻldoshev tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, uchrashuvda prokuratura tomonidan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi”da poytaxtdagi 63 ta korxona va tashkilotlar oʻzlaridagi mavjud boʻlgan 3000 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi.
Eslatib oʻtamiz: shahar prokurori tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, 15.02.2023 yildan 02.03.2023 yilga qadar poytaxtning barcha tumanlarida yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazilishi belgilangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid