platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

Oʻzbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi
21 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr koʻrgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Qariyb 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki roʻyxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar boʻtqasi, odyol va yostiqlar, gigiyenik vositalar toʻplami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan. Insonparvarlik yuki yordami koʻrinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali Oʻzbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining masʼul xodimlari yetkazib berishadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid