platina.uz
Jamiyat

Navroʻz bayrami munosabati bilan aholi ketma-ket 5 kun dam oladi

Navroʻz bayrami munosabati bilan aholi ketma-ket 5 kun dam oladi
Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan: besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari); olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha koʻchiriladi: 11 mart — shanba kunidan 20 mart — dushanba kuniga; 25 mart — shanba kunidan 22 mart — chorshanba kuniga. Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga toʻgʻri keladi. Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart — dushanba va 22 mart — chorshanba kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari boʻladi
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid