platina.uz
Jamiyat

7 ta viloyatda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

7 ta viloyatda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi
24-26 fevral kunlari A-373 «Toshkent – Oʻsh» avtomobil yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik, tuman tushishi kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi hamda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, shuningdek, yoʻllarda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi. Shuningdek, 21-28 fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi mavjud. Xususan: Qashqadaryo viloyati: Kitob va Shahrisabz tumanlarida; Surxondaryo viloyati: Sariosiyo va Boysun tumanlarida; Samarqand viloyati: Samarqand va Urgut tumanlarida; Jizzax viloyati: Zomin va Baxmal tumanlarida; Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon togʻlarida; Namangan viloyati: Pop tumanida; Fargʻona viloyati: Soʻx va Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi elon qilindi. Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻralgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid