platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyevning Misrga rasmiy tashrifi boshlandi

Shavkat Mirziyoyevning Misrga rasmiy tashrifi boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohira shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Misr poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston yetakchisini Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi va samimiy qutladi. Davlat rahbarlarining qisqa uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bugun davlatimiz rahbari Qohirada buyuk alloma bobomiz Ahmad Fargʻoniy tomonidan barpo etilgan “Miqyosi Nil” inshootiga tashrif buyuradi va Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishadi. Ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkaziladi. Tashrifning asosiy tadbirlari, shu jumladan oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 21 fevral kuniga moʻljallangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid