platina.uz
Jamiyat

Ertaga havo harorati 22 darajagacha koʻtariladi

Ertaga havo harorati 22 darajagacha koʻtariladi
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 21 fevral, seshanba kuni havo harorati 22 darajagacha iliydi. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi. Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 17–19 daraja iliq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekund acha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq boʻladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq boʻladi. Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid