platina.uz
Jamiyat

DXX chet el fuqarosidan 6 ming dollar olayotgan MChJ rahbarini ushladi

DXX chet el fuqarosidan 6 ming dollar olayotgan MChJ rahbarini ushladi
Termiz shahrida savdo sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari E.Z. chet el fuqarosining ishonchiga kirib, tanishlarining imkoniyatlari orqali unga Oʻzbekistonda doimiy yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 7000 AQSh dollari talab qiladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda E.Z. soʻralgan puldan 6000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid