Boʻstonliqda boʻlgan ayanchli voqea joyidan reportaj

Qoʻshnilar ushbu oila haqida hech qanday salbiy fikr bildirishgani yoʻq.
“Oʻz kunini oʻzi koʻrib yurgan oila edi, birov bilan yaxshi-yomonga borganini bilmaymiz, qishloq odamlari bilan salom-aligi yomon emasdi”, dedi qoʻshnilar.
Eslatib oʻtamiz: tezkor surishtiruvlar davomida 25-27 yoshli 4 nafar gumonlanuvchilar oʻsha kunning oʻzida protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan 10 ga yaqin sud tibbiy va boshqa turdagi ekspertizalar tayinlangan. Shunday ekan, sud jarayonlaridan soʻng ushbu mavzuga yana qaytamiz.
<
p style="text-align: right;">Abbos IMOMOV
