Bolaga gʻamxoʻrlikni Qozogʻistondan oʻrganamizmi?

Bizda-chi? Bizda bola voyaga yetgunga qadar qanday imtiyozlar va jamgʻarmalar bor? Qayd etish kerakki, 2023 yilda davlat byudjeti daromadlari 232 trillion 600 milliard soʻm miqdorida rejalashtirilgan. Byudjet xarajatlari esa 257 trillion 734 milliard soʻmni tashkil etishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarning 50 foizi yoki 130 trillion soʻm ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilishi belgilangan. Ijtimoiy himoya va ijtimoiy taʼminotga 33 trillion 67 milliard soʻm soʻm mablagʻlar koʻzda tutilgan. Jumladan, 2023 yilda oʻrtacha bir oyda respublikamizdagi jami oilalarning 20 foiziga ijtimoiy nafaqa toʻlash uchun 10 trillion 530 milliard soʻm ajratilishi qayd etilgan. Ishlovchi ayollarning homiladorlik nafaqa pulini byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlab berish uchun 966 milliard soʻm, shundan xususiy sektorda faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni 300 milliard soʻm mablagʻ toʻlanishi nazarda tutilgan.Shu oʻrinda qayd etish kerakki, davlat byudjeti sarf-xarajatlarida tugʻuruq taʼtilida ish beruvchi pul ajratadi, bu bir. Bola puli ham bor, deyishadi, lekin unga yetishish haqiqiy muhtoj oilalarga kamdan-kam nasib qiladi. Bola voyaga yetgunga qadar va koʻp bolali oilalarga yana nafaqalar bor, ammo ularni qonuniy yoʻl bilan olish deyarli imkonsiz. Koʻpincha mahalla fuqarolar yigʻinidan ortmaydi yoki korrupsiya va tanish-bilish bilan hal qilish mumkin. Bunda esa haqiqiy muhtojlar tagʻin chetda qolish ehtimoli yuqori. Qiziqtirayotgan asosiy savol esa shunday: davlatimiz byudjetida bu masalada Norvegiyani qoʻya turing, Qozogʻistonniki kabi alohida jamgʻarma tashkil etilib, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish imkoniyati yoʻqmi? Davlat byudjeti daromadlariga eʼtibor qilinsa, bunga yoʻl topish mumkin. Ammo qanday qilib? Bunisi endi iqtisodchi va moliyachi ekspertlarga havola. Har holda mazkur masalada taklif ishlab chiqish uchun yetarlicha manba va asoslar borligini bizdan koʻra ular yaxshiroq bilishiga shubha yoʻq.
ZAHIRIDDIN
