platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Misrga davlat tashrifi bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev Misrga davlat tashrifi bilan boradi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston-Misr munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi oʻrin olgan. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan. Tashrif doirasida Oʻzbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid