platina.uz
Jamiyat

Bankomatdan pul oʻmarmoqchi boʻlgan yigit qoʻlga tushdi

Bankomatdan pul oʻmarmoqchi boʻlgan yigit qoʻlga tushdi
Toshkent viloyati Olmaliq shahar hududidagi bankomatdan pul oʻgʻirlamoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 12 fevral kuni Olmaliq shahar hududiga tungi xizmatga jalb etilgan Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan soat taxminan 00:30 lar atrofida Olmaliq shahar «Oydin» MFY joylashgan Xalq bankiga tegishli bankomatni 1990 yilda tugʻilgan fuqaro B.Yu. oʻtkir tigʻli jism bilan buzib ochib, ichida mavjud boʻlgan pullarini olishga uringan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Olmaliq shahar IIB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid