platina.uz
Sport

Poʻlat Bobojonov yangi lavozimga saylandi

Poʻlat Bobojonov yangi lavozimga saylandi
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi. Xabarda aytilishicha, ayni paytda Qoʻmitada Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Poʻlat Bobojonov federatsiya raisi lavozimiga ushbu tadbirda saylangan. Maʼlumot uchun, Voleybol federatsiyasini oʻtgan yilning 4 fevralidan buyon sobiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov boshqarib kelayotgan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid