platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda birovning xotini bilan ushlangan «uchastkovoy» ishdan haydaldi

Jizzaxda birovning xotini bilan ushlangan «uchastkovoy» ishdan haydaldi
Jizzaxda «uchastkavoy» tungi xizmat vaqtida begona ayol bilan qoʻlga tushgani haqida xabarlar tarqalgandi. Viloyat IIB ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv natijlari boʻyicha maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, tarqalgan videolar xabarlardan keyin Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor A.Ikramov nazoratida xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, voqeaga oydinlik kiritish choralari koʻrilgan. Surishtiruv davomida aniqlanishicha, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani IIB 2-sonli IIB JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori J.X. ning bir necha nafar shaxslar bilan kelishmovchiligi yuzaga kelgan. Olib borilgan oʻrganish natijalariga koʻra, kapitan J.X. ning Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi hamda Ichki ishlar organlarida xizmat oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning bir qator bandlarini buzganligi aniqlanib, ushbu xodim ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatildi. Shuningdek, Gʻallaorol tumani IIBning 4 nafar rahbar xodimlariga profilaktika inspektorining faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganliklari uchun intizomiy choralar qoʻllanildi. Qayd etilishicha, yuqoridagilar bilan bir qatorda, voqeaning ayrim ishtirokchilarining xatti-harakatlarida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining ayrim moddalarida ifodalangan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish va qonuni qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tumani sudiga yuborilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid