platina.uz
Jamiyat

Ertaga poytaxtning ayrim koʻchalari yopiladi

Ertaga poytaxtning ayrim koʻchalari yopiladi
Toshkent shahrida «Men gʻolib» ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazilishi munosabati bilan 19 fevral kuni soat 07:00 dan soat 09:30 gacha bir nechta markaziy koʻchalar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Xususan,
  • Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi oldi maydonidan Furqat koʻchasi boʻylab Beshyogʻoch koʻchasi kesishgan joyigacha;
  • Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan joyigacha;
  • Islom Karimov koʻchasi boʻylab Amir Temur shohkoʻchasi bilan kesishgan joyigacha;
  • Amir Temur shohkoʻchasi boʻylab Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻli boʻylab Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan joyigacha;
  • Islom Karimov koʻchasi boʻylab Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi oldi maydonigacha boʻlgan koʻchalarda avtomobillarning harakatlanishiga vaqtinchalik cheklovlar oʻrnatiladi.
Haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid