platina.uz
Jamiyat

Toshkentning uch hokimiga hayfsan berildi

Toshkentning uch hokimiga hayfsan berildi
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov 16 fevral kuni uchta tuman hokimiga hayfsan intizomiy jazosini qoʻllashga oid farmoyishni imzoladi. Unga koʻra, Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Irgashev Shavkatbek Turdiyevich, Uchtepa tumani hokimi Abdullayev Farxod Ravshanovich va Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev Boxadir Abdulxayevichlar hayfsan olgan. Hokimlar qishga tayyorgarlik va uni betalafot oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrmagani, mahallalarga chiqib, aholi bilan muloqotlar va tushuntirish ishlarini ham olib bormagani uchun jazolangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid