platina.uz
Jamiyat

Prezident quyosh panellari boʻyicha yangi qarorni imzoladi

Prezident quyosh panellari boʻyicha yangi qarorni imzoladi
Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi. «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2023 yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi. Jumladan: 2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari; 1 200 MVt – ijtimoiy soha obʼektlari, xoʻjalik subʼektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari; 550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari. Shuningdek, 2023 yilda:
  • davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;
  • 20 mingta ijtimoiy soha obʼektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
  • jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari oʻrnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;
  • 37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
  • foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlanadi;
  • hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;
  • 5 407 ta ijtimoiy soha obʼektlari koʻmir bilan isitiladi.
2023 yil 1 apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha «Quyoshli xonadon» dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 soʻmdan subsidiya ajratiladi. Qarorga koʻra shuningdek, ijtimoiy soha obʼektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Yashil energiya» kompaniyasi tashkil etildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid