platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi

Oʻzbekistonda dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi
Oʻzgidromet xizmati agentligi dam olish kunlari — 18−19 fevral sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi. Oʻtgan hafta yomgʻirli boʻldi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatidan tashqari, oxirgi 2 kun ichida deyarli hamma joyda vaqti-vaqti bilan eng jadal yomgʻirlar yogʻdi. Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuchli boʻladi. Hududning katta qismida bugun kunduz kuni yomgʻir yogʻishi davom etadi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida biroz yogʻingarchilik faqat ayrim joylarda boʻlishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomgʻir faqat ertalab yogʻadi. Havo harorati 5-10o iliq, shimolda 0-5o iliq atrofida boʻladi. Shanba kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik toʻxtaydi, faqat respublika janubi-sharqiy hududlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻadi. Yakshanba kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Havo harorati kechasi 0-5o iliq atrofida, baʼzi joylarda 2o sovuqgacha boʻladi, kunduz kuni esa havo 7-12o iliqgacha isiydi. Bugun poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, dam olish kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-3o iliq, kunduzi shanba kuni 8-10o iliq, yakshanba kuni 10-12o iliq boʻladi. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida 17-18 fevral kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. "Togʻli hududlarda dam olish kunlari qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi. Qor beqaror holatda boʻladi, togʻlarga borganingizda juda ehtiyot boʻling", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid