platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston maʼlumotlar ochiqligi xalqaro reytingida 5 pogʻonaga yuqoriladi

Oʻzbekiston maʼlumotlar ochiqligi xalqaro reytingida 5 pogʻonaga yuqoriladi
Open Data Watch tashkilotining ochiq maʼlumotlar jahon reytingida (Open Data Inventory) 192 davlat orasida Oʻzbekiston 66 ball bilan dunyoda 40-oʻrinni egalladi. 2020 yilda esa 187 davlat orasida 63 ball bilan 45-oʻrinni band etgandi. Open Data Inventory (ODIN) reytingida mamlakatning statistik takliflarining toʻliqligi va ulardagi maʼlumotlarning xalqaro ochiqlik standartlariga qanchalik mos kelishi baholanadi. 2020 yildan 2022 yilga qadar Oʻzbekistonning umumiy balli maʼlumotlar koʻlami boʻyicha 52 dan 56 ballga, maʼlumotlar ochiqligi boʻyicha esa 72 dan 74 ga oshgan. 2022 yilgi reyting yakunlari boʻyicha Singapur birinchi, Daniya ikkinchi va Finlyandiya uchinchi oʻrindan joy olgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid