platina.uz
Tahlil

Ijro intizomiga jiddiy signal

Ijro intizomiga jiddiy signal
Viloyat, tuman va shahar hokimlari adashib yo bilib-bilmay notoʻgʻri qarorlar chiqarishi soʻnggi paytlarda koʻp uchrayapti. Aslida ular bu borada adashishi mumkin emas. Masalan, yaqinda Nurafshon shahar hokimining birdaniga 33 ta hujjati notoʻgʻri imzolangan. Yaʼni hokim avvaliga farmoyish deb imzolagan boʻlsa, keyinchalik ularning bari qaror deb tuzatilgan. Shuningdek, Shahrisabz hokimi ham mustasno emas. U hokim yordamchilariga bitta intizom buzilishi yuzasidan ham hayfsan, ham intizomiy jarima qoʻllagan. Qonunchilikda bu mumkin emas. Hammasi ketma-ket boʻlishi kerak: avval hayfsan, keyin jarima, oxirida ishdan boʻshatish. Bu holat Mehnat kodeksining 182-moddasida ham yozib qoʻyilgan: "Har bir nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanishi mumkin". Bu borada Surxondaryo viloyati sobiq hokimi Toʻra Bobolov ham qolishmagan. Masalan, u Bandixon hokimiga Skoda Kodiaq mashinasini sotib olish haqida hujjat imzolagan, ammo bu qaror noqonuniy boʻlgani fosh boʻlgach, bekor qilgandi. Yana bir holatda esa Toʻra Bobolov mart oyida viloyat transport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Anvar Roʻziyevni ishdan boʻshatgan, ammo 7 oy oʻtib, uni yana qayta ishga tiklagan va kamiga shu muddat uchun oylik ham toʻlanishini aytgan.

Bunday beboshlik qachongacha davom etishi hozircha nomaʼlum. Qonunchilikni yaxshi bilishi kerak boʻlgan hokimlardan bunday sharmandaliklarga yoʻl qoʻyilishi ijro intizomiga jiddiy signal boʻlishi kerak aslida.

ZAHIRIDDIN

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid