platina.uz
Jamiyat

AQSh Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

AQSh Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Hurmatli Prezident janoblari!  Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda koʻrsatayotgan yetakchiligingiz va shaxsiy intilishingiz uchun, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Oʻzbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida oʻzaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish borasidagi saʼy-harakatlaringizni qoʻllab-quvvatlash AQSh uchun ustuvor ahamiyatga ega. AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023 yilda ham yanada ilgari surishimizga umid bildiraman. Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman. Bu saʼy-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni taʼminlashga katta hissa qoʻshmoqda. Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy prinsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi. Ishonchim komilki, ushbu qadriyatlarga mushtarak sodiqligimiz oʻzaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Hurmat bilan, Jo Bayden
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid