platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Talabalar koʻchasida 16 fevral kuni beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt shahar IIBB Yoʻl harakati xavsizligi boshqarmasi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 16 fevral kuni soat 13:30 larda 1999 yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvidagi Spark, 1955 yilda tugʻilgan R.J. boshqaruvidagi Lacetti, 1992 yilda tugʻilgan A.Z. boshqaruvidagi Damas, 1997 yilda tugʻilgan I.J. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1955 yilda tugʻilgan A.R. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid